Izmirdagi zilziladan 91 soat o‘tib, vayronalar ostidan 3 yoshli qizaloq tirik topildi (video)
Olam
−
03 noyabr 2020
16325Turkiyaning Izmir viloyatida kuchli zilziladan 91 soat o‘tib, vayronalar ostidan yana bir qizaloq qutqarildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Izmir gubernatori Selim Koshgar 3 yoshli Ayda Gezgin ismli qiz qutqarilganini ma’lum qildi. Ayda Gezgin Izmirda vayronalar ostidan qutqarilgan 109-odam bo‘ldi.
Qizaloqni qutqarishda qatnashgan Nusrat Aksoy bola qulagan kvartirada kir yuvish mashinasi oldida qisilib qolganini aytgan.
“Avval men uning ovozini eshitdim va boshqa qutqaruvchilarga aytdi. Qizga yetganimda undan ismini hamda qo‘lini ko‘tara olishini so‘radim. U qo‘lini ko‘tardi va silkidi”, degan qutqaruvchi.
Shifokorlar Aydaning ahvolini qoniqarli deb baholadi. U hozir Egey universiteti shifoxonasida ko‘rikdan o‘tkazilyapti.
Ma’lumot uchun, Izmirda zilzilada qulagan binolar vayronalarida davom etayotgan qutqaruv ishlariga 7 967 nafar qutqaruvchi qatnashyapti.
Avvalroq, Egey dengizidagi 6,6 balli zilziladan 65 soat o‘tib, Izmir viloyatining Bayroqli tumanida 3 yoshli Elif Perinchek yaralangan holda ko‘p qavatli uy vayronalari ostidan chiqarib olingani xabar qilingandi.
LiveBarchasi