“O‘zbekkonsert” kuldirishni nazorat ostiga olyapti

Madaniyat-san’at

image

Avvalroq, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasida qiziqchilik va so‘z sanati ustalarining faoliyatiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Unda so‘zga chiqqan “O‘zbekkonsert” DM direktori Odiljon Abduqahhorov qiziqchilikni fahsh va uyatsiz hazillar bilan qorishtirib yuborayotgan jamoalarni keskin tanqid qildi.

“Tan olish kerak, muammolarimiz juda ko‘p. Bularni bartaraf etish uchun ekspertlar guruhining 30 foizini almashtirdik. Ilgari ma’naviyat va ma’rifat markazidan bir kishini olgan bo‘lsak, endi ular ikki nafarga yetdi. Jamoat fikridan kelib chiqib, boshqa soha vakillarini ham jalb qildik”, deydi Abduqahhorov. 

Shuningdek, yig‘ilish davomida ustoz san’atkorlar boshchiligida qiziqchilar ijodiy klubini tashkil etish taklifi o‘rtaga tashlandi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir konsertni obdon nazoratdan o‘tkazish, to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish va shu orqali turli muammolarning oldini olishdan iboratdir. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ko‘plab konsertlar ssenariysida rad etilgan hazillarni jamoalar o‘zboshimchalik bilan namoyish etishyapti. Buning ortidan e’tirozlar kelib chiqmoqda. Yangi tashkil etilayotgan klub bunday holatlarni o‘z nazoratiga oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekkonsert Odiljon Abduqahhorov

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing