Ijodiy imtihonlar o‘z hududidan topshiriladimi yoki OTMdami?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni davom etyapti. Imtihonlar yaqinlashgani sari turli savollar paydo bo‘laveradi. 

Shunday savollardan biri ijodiy imtihon topshiradiganlar uchun ham imtihonlar o‘zlari yashab turgan hududda o‘tkaziladimi yoki hujjat topshirgan oliy talim muassasasidami. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati rahbari Farhod Babashev brifing vaqtida shunday savollarga javob berdi.

“Ijodiy imtihonlarni o‘tkazish vaqti (soati) va joyi OTM rektori tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda belgilanadi. Oliy ta’lim muassasasi rasmiy saytini kuzatib borish lozim bo‘ladi.

Test sinovlari bilan bir qatorda o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni 2020 yilning 25 iyuligacha yakunlash, alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari kirish imtihonlarini 2020 yil 25 iyuldan 20 avgustgacha o‘tkazish belgilangan”, dedi vazirlik vakili.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 20 iyuligacha davom etadi. Hujjatlar 8 tumandan boshqa barcha hududlarda onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

93

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing