Ijodiy imtihonlar nima uchun olib tashlandi?

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muasassalarida test sinovlaridan tashqari alohida iqtidor talab etuvchi yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tar edi. Biroq, joriy yilda kirish imtihonlariga bir necha kun qolganda, ijodiy imtihonlar bekor qilinib, ular o‘rnini boshqa fandan sinovlar egalladi. Bu esa minglab abituriyentlarning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. 

Xo‘sh, oliy ta’lim muassasalarining alohida iqtidor talab etuvchi yo‘nalishlaridan ijodiy imtihonlar nima uchun chiqarib yuborildi? Ushbu savolga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda javob qaytardi: 

“Pandemiya sharoitida 13 ta ta’lim yo‘nalishida test va ijodiy imtihonlar o‘tishi kerak bo‘lgan. Ushbu imtihonlarga bir marta kelishni ta’minlash uchun oliy ta’lim muassalari rahbarlari bilan maslahatlashib, davlat komissiyasiga taklif kiritildi. Natijada abituriyentlarning imtihonga bir marta kelishlarini ta’minlash maqsadida ijodiy imtihonlar olib tashlandi va o‘rniga oldingi uchinchi blok fanidan test imtihonlari qo‘shildi”.

Eslatib o‘tamiz, bu yilgi test sinovlari 2 sentyabrdan ochiq maydonlarda, ikki smenada bo‘lib o‘tadi

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston

Baholaganlar

122

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing