Izboskandagi ommaviy tadbirga “SES” ruxsat bermagan

Jamiyat

photo_2020-05-14_10-40-40

Ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgan Andijon viloyati Izboskan tumani hokimligi uyushtirgan ommaviy tadbirga "SES" ruxsat bermagan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.

Sog‘lom hayot sari 5000 qadam loyihasining karantin paytida o‘tkazilishi qanchalik to‘g‘ri? O‘zi har kuni televideniyeda uyda o‘tiring deb aytilayotgan bo‘lsa?

"5000 qadam loyihasi ommaviy bo‘lmasligi kerak. Ya’ni odamlar jamoaviy yurishlari emas, balki har bir shaxs karantin qoidalariga rioya qilgan holda va ijtimoiy masofani saqlagan holda o‘zi uchun kuniga 5000 qadam piyoda yursa, sog‘lig‘i uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan va "SES" ruxsat berdi" degan xabarlar hech qanday asosga ega emas.

Ommaviy tadbirlar Respublika maxsus komissiyasining tegishli qarorlari bilan bekor qilingan va bu kabi tadbirlarni o‘tkazishga ruxsat berish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda uning hududiy markazlari vakolatiga kirmaydi.

Ammo agentligimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha profilaktik, epidemiyaga qarshi, shuningdek insonlarni salomatligini mustahkamlash borasidagi zarur talab va tavsiyalarni ishlab chiqadi, bu jihatdan mazkur masalalarni muvofiqlashtiruvchi yetakchi hisoblanadi", deydi Botirjon Qurbonov.

Avvalroq, Izboskan tumani hokimligi karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzib ommaviy tadbir o‘tkazilgani ma’lum bo‘lgan. Tarmoqdagi e’tirozlardan so‘ng tuman hokimligi bu holat bo‘yicha munosabat bildirib, ommaviy tadbir "Davlat sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislarining maxsus nazorati ostida" o‘tganini iddao qilgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Izboskan

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing