Izboskan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Karimov Elyorbek Rahmatillayevich Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, Elyorbek Karimov 1986 yilda Andijon viloyatining Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini (sirtqi) tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida g‘aznachilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, shuningdek, Izboskan tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajargan.

U ayni paytgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i (v.v.b) bo‘lib ishlayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Izboskan tumani sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov biroz avval qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Izboskan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing