Izboskan hokimi o‘zgardi

Jamiyat

image

Abrorbek Qosimjonovich Ahmadaliyev Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Abror Ahmadaliyev 1988 yilda Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Andijon mashinasozlik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Andijon viloyati iqtisodiyot bosh boshqarmasi 1-toifali mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi axborot-tahlil xizmati bosh mutaxassisi, Andijon viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha kotibiyatining mudiri,  Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat olib borgan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati  Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i  lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Izboskan tumanining sobiq hokimi Elyorbek Rahmatillayevich Karimov Andijon shahar hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Izboskan Abrorbek Qosimjonovich Ahmadaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing