Italiyalik it nomiga atir yaratildi
Bu qiziq
−
08 avgust
3139Dolce & Gabbana kompaniyasining asoschilaridan biri Domeniko Dolchening “Fefe” laqabli itining nomi bilan atalgan atir chiqarildi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, “Fefe” atiri yirik hashamatli brend sifatida birinchi marta uy hayvonlari uchun ishlatiladigan eng ajabtovur parfyumeriyaga aylangan. Kompaniya taqdim qilgan atir namunasi uy hayvonlaridan xushbo‘y hid taratib, ularning kayfiyatiga o‘zgacha xotirjamlik qo‘shadi.
Atir shishasida 24 karatli tilla bilan qoplangan panja izi bor va u kompaniya egasi Domeniko Dolchening iti “Fefe”ga bo‘lgan cheksiz sevgisidan ilhomlanib yaratilgan. Donasi 99 yevroga baholangan atir tarkibiga mushk va sandal daraxti minerallari ham qo‘shilgan.
Ma’lumot uchun, Domeniko Dolche 1985 yilda Stefano Gabbana bilan birgalikda D&G kompaniyasiga asos solib, uni dunyodagi eng mashhur hashamatli brendlardan biriga aylantirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHda “Dunyoning eng xunuk itlari” tanlovining 2024 yilgi mavsumi bo‘lib o‘tgani va unda birinchi o‘rinni Xitoyning Pekin shahrida tug‘ilgan “Wild Thang” laqabli it egallab, toj kiygani xabar qilingandi. Dunyodagi eng uzun tilli it esa Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgandi. Shuningdek, AQSHning Ogayo shtatida yashovchi 23 yoshli chihuahua zotiga mansub “Spayk” laqabli it ham Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa it sifatida kiritilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi