Italiyalik dizayner O‘zbekiston ramzlari aks etgan poyabzal taqdim etdi. Adliya vazirligi bunga munosabat bildirdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Taniqli italiyalik dizayner Stefano Richchi O‘zbekiston uchun kolleksiya yaratdi. Kolleksiyadan O‘zbekiston gerbi va bayrog‘ini tasvirlagan poyabzal ham joy olgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oyoq kiyimga mamlakat ramzlari tasviri tushirilganiga munosabat bildirdi.

Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari – bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga egadir. Davlat ramzlarining mavjudligi O‘zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi. Mamlakat davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo‘lib, ularni har qanday yo‘l bilan tahqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-1-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.

“Italiyalik dizayner Stefano Richchi tomonidan yaratilgan oyoq kiyimlarida O‘zbekiston gerbi va bayrog‘ini tasvirlangan.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlari – bayroq va gerbga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Ma’lumot uchun, Italiyalik dizayner Stefano Richchi kolleksiyasidan 3 turdagi poyabzal, 2 turdagi futbolka va bir turdagi sport kiyimi o‘rin olgan. Xususan, O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasviri tushirilgan oq rangli oyoq kiyimning narxii 18 mln so‘m, ko‘k ranglisi esa 24 mln so‘m ekani aytilmoqda.

Mazkur kolleksiya italiyalik dizayner tomonidan O‘zbekiston elitasi uchun maxsus tayyorlangani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Adliya vazirligi Stefano Richchi

Baholaganlar

851

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing