Italiyadagi YTHda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormidi?
Jamiyat
−
23 may 2019
2782O‘zbekistonning Rim shahridagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yilning 22 may kuni Florensiyadan Siyenaga (Italiya) borish yo‘lida ichida turistlar bo‘lgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda TIV xabar tarqatdi.
Ma’lum qilinishicha, elchixona Italiya TIV va boshqa davlat tuzilmalari bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Shu bilan birga Konsullik-huquqiy departamenti Italiya, Vatikan, Malta va San-Marino hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda mamlakatning Rim shahridagi elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +39-06-878-60-310.
LiveBarchasi