Italiyada yana muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi
Olam
−
10 avgust 2023 2707 1 daqiqa
Italiyaning Lampeduza oroli yaqinida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq qulashi oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Kema halokatidan omon qolgan to‘rt nafari qutqaruvchilarga jami 45 kishi, jumladan, uch nafar bola bo‘lganini aytgan. Kema Tunisning Sfaks shahridan yo‘lga chiqqan, biroq bir necha soatdan so‘ng ag‘darilib, cho‘kib ketgan.
Tunis rasmiylarining ta’kidlashicha, Lampeduzadan 130 kilometr uzoqlikdagi port shahri Sfaks Yevropada yaxshiroq va xavfsiz hayot uchun xavfli sayohatga otlanayotgan noqonuniy muhojirlar uchun issiq nuqtadir. Omon qolganlar Malta yuk tashuvchisi tomonidan olib ketilgan va Italiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmatiga topshirilgan. So‘nggi kunlarda Italiya patrul kemalari va xayriya guruhlari Lampeduzaga yetib kelgan ikki mingga yaqin odamni qutqardi.
Italiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan buyon mamlakatga dengiz orqali 93,7 mingga yaqin noqonuniy muhojir kelgan, o‘tgan yilning shu davridagi bu ko‘rsatkich 44,7 ming nafarni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 avgust kuni aynan shu hududda ikkita kema halokatga uchrashi oqibatida 30 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan. 7 avgust kuni esa Tunis rasmiylari Sfaks yaqinida 11 ta jasad topib olgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025