Italiyada uylar gamburger narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Olam

image

Sitsiliyaning (Italiya) Salemi shahrida, 30 dan ortiq uylar gamburger narxiga – atigi bir yevroga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlashicha, ta’mirga muhtoj binolar sotuvga qo‘yilgan. Ularning ba’zilarida Sitsiliyada dahshatli zilzila sodir bo‘lgan 1968 yildan beri odamlar yashamaydi.

"Barcha uylar shahar kengashiga tegishli bo‘lib, bu sotuvni tezlashtiradi va byurokratiyani kamaytiradi. Uylar sotuvga qo‘yilishidan oldin ushbu hududni tikladik, zamonaviylashtirilgan infratuzilma, yo‘llar, elektr tarmoqlari va kanalizatsiya o‘tkazdik”, dedi shahar meri Domeniko Venuti.

Shaharda, shuningdek, kafe va restoranlar, Normand qal’asi va muzeylar mavjud. Rasmiylar ushbu omillar potensial xaridorlarga Salemini tanlashda yordam berishini kutmoqda.

Shu bilan birga, kelajakda mulkdorlar bino ta’mirlanguniga qadar har yili 250 yevro miqdorida bino sug‘urtasini to‘lashlari kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Sitsiliya

Baholaganlar

750

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing