Italiyada uch futbolchi koronavirusni yuqtirib oldi

Sport

image
Xitoy koronavirus bilan kurashishda Eronga yordam bermoqchi north_east

Xitoy koronavirus bilan kurashishda Eronga yordam bermoqchi

Xitoyda paydo bo‘lgan COVID-19 virusi Italiyada keng tarqalgani haqida xabar bergan edik. Ushbu virus sabab o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bir qancha futbol uchrashuvlari bekor qilindi. 

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Italiyaning S seriyasida ishtirok etadigan “Pyaneze” jamoasining 3 nafar futbolchisi koronavirus yuqtirib olgan. 

Koronavirusni yuqtirib olganlar

Jamoaning yosh futbolchisi ushbu virusni birinchilardan bo‘lib yuqtirib olgan, deya xabar qilinmoqda. O‘tgan hafta shanba kuni ushbu futbolchi “Alessandri”ga qarshi o‘yindan oldin boshi og‘rib, tana harorati ko‘tarilayotgani haqida klub shifokoriga aytgan. Ayni paytda futbolchi shifoxonaga yotqizilgan. 

Koronavirusni “yuqtirib olganman”, deb o‘ylayotgan ikkinchi futbolchi uyidan ko‘chaga chiqmayapti. Sababi, u virusni boshqalarga yuqtirishdan xavotirda. Mutaxassislarning qayd etishicha, futbolchida koronavirusning alomatlari aniqlanmagan. 

Koronavirusni yuqtirib olgan uchinchi futbolchi ham uyida davolanmoqda. U tana harorati ko‘tarilayotgani va o‘zini biroz noqulay his qilayotganidan xavotir olmoqda. 

Hozirgacha “Pyaneze” jamoasi koronavirus bilan og‘rigan futbolchilar shaxsini ochiqlagani yo‘q. 

Koronavirusni yuqtirib olgan klub xodimi

Ushbu  jamoaning yana bir a’zosi, ya’ni klub xodimi ham koronavirusni yuqtirib olgani aytilmoqda. “Pyaneze” xodimi kecha, 28 fevral kuni kechqurun o‘zini yomon his qilgan va tongda shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirgi paytda, “Pyaneze” jamoasi futbolchilari, jamoa xodimlari va klub rahbariyati shifokorlar nazoratida bo‘lib turishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Italiya A seriyasidan o‘rin olgan, turning markaziy o‘yini, deya ta’riflanayotgan “Yuventus” – “Inter” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv koronavirus sabab muxlislarsiz o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtga qadar koronavirus bilan xastalanganlar dunyo bo‘ylab 85212 nafarni tashkil etmoqda. Virusni yuqtirib olish natijasida 2924 kishi vafot etdi. Yana 39503 kishi esa koronavirus xastaligidan to‘liq tuzalgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Italiya koronavirus

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing