Quyoshda oxirgi 3 yildagi eng katta chaqnash qayd etildi. Bu xavflimi?

Olam

image

Amerikalik olimlar joriy yilning 29 may kuni quyoshda katta chaqnash bo‘lganini aniqladilar. Ushbu hodisa Quyosh tanasidagi "hayot"ning yangi sikli boshlanganini bildirishi mumkinligi aytildi.

Qayd etilishicha, chaqnash sabab yangi qora dog‘lar paydo bo‘lishi 29 may kuni kosmosda joylashgan Quyosh dinamikasi rasadxonasi (QDR) yordamida qayd etilgan. Bu chaqnash 2017 yilning kuzidan beri eng kuchlisi ekanligi ma’lum qilindi. Olimlar Fazoviy ob-havoni prognozlash markazi aholini quyosh faoliyati to‘g‘risida ogohlantirishni boshlashi uchun ularning faolligi juda past ekanligini ta’kidlashdi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, chaqnashdan so‘ng paydo bo‘lgan qora dog‘lar, odatda, har 11 yilda bir marta boshlanadigan yangi quyosh siklining ogohlantiruvchi signali bo‘lishi mumkin.

QDR tomonidan aniqlangan chaqnashlar odamlarning sog‘lig‘iga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ular chiqaradigan nurlanish atmosferaga kira olmaydi. Shu bilan birga, aniqlangan ushbu M sinfidagi chaqnashlar uyali aloqa va GPS sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

Bir qator kuchli quyosh chaqnashlari olimlar tomonidan 2017 yil sentyabr oyida qayd etilgan. Xususan, 10 sentyabrda paydo bo‘lgan avj olish eng yuqori faollikka yetgan. Kuchli quyosh nurlanishi tufayli Xalqaro kosmik stansiya ekipaji ogohlantirish buyrug‘ini olgan va stansiyaning maxsus bo‘limiga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘lgan.

 

Maqola muallifi

Teglar

Quyosh chaqnash

Baholaganlar

502

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing