Italiyada koronavirus qurbonlari qarindoshlari tovon puli talab qilmoqda 

Olam

image

Italiyada koronavirusdan vafot etgan odamlarning 500 nafarga yaqin qarindoshlari rasmiylardan 100 million yevro tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, COVID-19 qurbonlarining qarindoshlari Rim sudida mamlakat Bosh vaziri Juzeppe Konte, Sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa va Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontanaga qarshi fuqarolik da’vosi qo‘zg‘ashni rejalashtirgan. 

Da’vogarlar pandemiya paytida mintaqaviy va markaziy hokimiyatlarning harakatlariga qarshi chiqishni rejalashtirmoqda. 

Rasmiylar epidemiyaga tayyor emaslikda va mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishni kechiktirganlikda ayblanmoqda. 

Shu munosabat bilan da’vogarlar ularning har biriga taxminan 259 ming yevrodan to‘lashlarini talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirusga chalinganlar 1,99 mlndan oshgan. 70 ming 395 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya koronavirus

Baholaganlar

45

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing