Italiyada kimyoviy zavod portladi
Olam
−
15 may 2020
6660Venetsiyada kimyoviy zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “La Republica” nashri xabar berdi.
Zavod yirik kimyoviy ishlab chiqaruvchi 3V Sigma SpAʼda bo‘lib o‘tdi. Portlashdan keyin zavodda yong‘in boshlandi, sakkizta o‘t o‘chiruvchi brigadasi voqea joyiga yetib kelgan. Ilgari ikki qurbon haqida xabar berilgan edi, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Portlash mahalliy vaqt bilan ertalab soat o‘ndan keyin sodir bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ulkan qora tutun kolonnasini 5 kilometr naridan ham ko‘rish mumkin. Shifokorlar zaharli moddalarni atmosferada tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
3V Sigma SpA kimyo sanoati uchun oraliq komponentlar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi.
Kasaba uyushmalarining bildirishicha, ular ilgari Venetsiyadagi kompaniyaning fabrikasida ish sharoitlarining xavfsizligidan xavotir bildirishgan va u yerda ish tashlash namoyishi bo‘lgan.
LiveBarchasi