Italiyada karantindan so‘ng avtobusdagi yo‘lovchilar soni nazorat qilinadi

Olam

image

Italiya ma’murlari karantin cheklovlari qisman olib tashlanganidan keyin jamoat transportida yo‘lovchilar sonini nazorat qiladi. Buning uchun yangi texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu haqda bugun,13 aprel kuni Italiya transport vaziri Paola De Mikeli ma’lum qildi.

"Maxsus dasturlar avtobuslarda yo‘lovchilar ko‘p bo‘lmasligini va ijtimoiy masofani saqlashni ta’minlashi kerak. Yangi, unchalik qattiq bo‘lmagan karantin bosqichiga o‘tish shifokorlar qororiga bog‘liq bo‘ladi", deydi De Mikeli.

Ma’lumot uchun, 22 mart kuni Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte dorixonalar va oziq-ovqat do‘konlaridan tashqari barcha savdo-sotiq muassasalar, ishxona va korxonalarning faoliyati to‘xtatilishini e’lon qildi. Fuqarolarni mamlakat bo‘ylab harakatlanishi taqiqlandi. Mamlakat bo‘ylab qat’iy karantin choralari belgilangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan bog‘liq 159 516 ta holat qayd etilgan. Kasallanganlarning 35 435 nafari sog‘aygan. 20 465 nafari esa vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jamoat transporti Koronavirus Italiyada

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing