Italiyada favqulodda rejim aprelgacha uzaytirildi

Olam

image

Italiya Hukumati koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatdagi favqulodda vaziyat rejimini joriy yilning 30 apreliga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda "Corriere della Sera" gazetasi xabar bergan. 

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror mamlakat Vazirlar Kengashi yig‘ilishida qabul qilingan. 

Belgilanganidek, pandemiya munosabati bilan Hukumat huzurida tashkil etilgan maxsus ilmiy-texnik qo‘mita a’zolari favqulodda rejimni uzaytirish to‘g‘risida taklif bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabr oyining oxirlarida Italiyada olimlar koronavirusning yangi shtammi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot bergandi. U Buyuk Britaniyada faol tarqalayotgan koronavirus turiga juda o‘xshash ekani aytilgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar 2,3 mlndan oshgan. 1,65 mln bemor sog‘aygan. 79 ming 819 kishi xavfli virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya koronavirus

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing