Italiyada avtobus qulashi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Kecha, 3 oktyabr kuni Italiya shimolida yo‘lovchi avtobusi panjaradan o‘tib, 10 metr balandlikdan temir yo‘l relslariga qulab tushishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “La Repubblica” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi yaralangan, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Vafot etganlar orasida 4 nafar chaqaloq borligi ham aniqlangan. Qidiruv davom etmoqda, favqulodda xizmatlar voqea joyida ishlayapti.

Italiya matbuoti va BBC'ning Rimdagi muxbiriga ko‘ra, avtobusdagi yo‘lovchilar orasida nemislar va ukrainaliklar ham bo‘lgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 19:45 da sodir bo‘lgan, uning sabablari esa hozircha noma’lum. Transport vaziri Matteo Salvinining taxminiga ko‘ra, avtohalokat haydovchida to‘satdan paydo bo‘lgan kasallik tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin.

“Kamida 20 kishining o‘limi katta fojia. Avtobus Venetsiyadan Margeraga ketayotgan edi. U butunlay yo‘ldan va ko‘prikdan chiqib ketgan", deydi Venetsiya meri Luiji Brunaro.

Prezident Serjio Mattarella va Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloni qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made