Italiyada 40 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
13 mart
7391Bugun, 13 mart kuniga o‘tar kechasi Italiyada joylashgan Neapol shahrida so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan 4,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Dailymail” xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilziladan oldin dahshatli gumburlash sodir bo‘lgan, odamlar tungi soat 1:25 atrofida ko‘chalarga yugurib chiqqan.
Italiya Geofizika va vulqonologiya milliy instituti (INGV) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epimarkazi Potssuoli hududida 2-3 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Ushbu zilzila so‘nggi 40 yil ichida mintaqadagi eng kuchli zilzilalardan biri bo‘lib, o‘tgan yilning may oyida qayd etilgan yer silkinishlari intensivligini takrorlagan.
Zilzila butun Neapol viloyati bo‘ylab sezilgan, ammo eng katta vayronagarchilik Banyoli hududida qayd etilgan. Yer silkinishi mahalliy aholini sarosimaga solib qo‘ygan, ularning aksariyati ko‘chalarga yugurib chiqqan, ba’zilari esa tunni o‘z mashinalarida o‘tkazgan.
Uylardan ko‘pining osma shifti qulab tushgan, bir nechta avtomobillar binolardan qulab tushgan bo‘laklardan zarar ko‘rgan. Zilzila “Avliyo Anna” cherkovining qo‘ng‘iroq minorasiga ham zarar yetkazgan.
Birinchi silkinishdan so‘ng aftershoklar kuzatilgan. 13 mart kuni ertalab o‘t o‘chirish brigadasi joylarda qirqta tekshiruv va yana yetmishta reyd o‘tkazilishi haqida xabar bergan.
Ma’lum qilinishicha, hududdagi maktablar vaqtinchalik muddatga yopib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 mart kuni soat 06:16 da Toshkent viloyati Toshkent tumanida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilzila kuchi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida sezilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

