Italiyada 3 qilichboz o‘zbekistonlik sportchi qizni zo‘rlagani rad etildi

Sport

image

Avvalroq, Italiyaning mahalliy nashrlari uch italiyalik qilichboz o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinayotgani haqida xabar bergandi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi ushbu xabarga raddiya berib chiqdi. 

“O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi Italiyada o‘zbekistonlik qilichboz bilan bog‘liq voqea haqidagi asossiz ma’lumotni rad etadi. 2023 yil 4-5 avgust kunlari qilichbozlik bo‘yicha Milliy terma jamoa a’zolari (uch turdagi qurollar bo‘yicha) hech qanday xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga bormaganini to‘liq mas’uliyat bilan bildiradi”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, 2023 yilning 28 iyulidan 5 avgust kuniga qadar asosiy jamoa tarkibi Jahon Universiadasida ishtirok etish uchun Xitoyning Vusi shahriga uchib ketgan.

Ishtirok etmagan sportchilarning qolganlari esa o‘z uylarida oilalari bilan bo‘lgan.

“Qilichbozlik federatsiyasi rahbariyati tomonidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari hamda federatsiya mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida yuqoridagi xabardagi ma’lumotlar muhokama qilindi va federatsiyaning fikricha, bunday urinish kuchli sportchilarga qaratilgan eng keng tarqalgan ig‘volardan biridir. Bu ayni damda dunyoda yetakchi o‘rinni egallab turgan va kimgadir yoqmayotgan o‘zbek qilichbozlarimiz uchun qandaydir provokatsiya bo‘lishi ham mumkin”, deyiladi munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya qilichboz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing