Italiya rossiyalik oligarxlarning 2,5 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ydi
Olam
−
05 iyul 2023
2491Italiya hukumati rossiyalik milliarderlarning 2 milliard yevro (2,5 milliard dollar) miqdoridagi aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Italiya hukumati Kreml va uning tarafdorlariga qarshi sanksiyalar doirasida bank hisoblari, hashamatli villalar, yaxtalar va avtomashinalar kabi aktivlarni musodara qilgan.
Italiya bankining pul yuvishga qarshi kurash bo‘limi (UIF) o‘zining yillik hisobotida 2 milliard yevrolik aktivlar muzlatilganini ma’lum qilgan. Mazkur bo‘lim direktori Enso Serata 80 nafar shaxsga tegishli 330 million yevroga yaqin moliyaviy xoldinglar sanksiyalar rejimi doirasida muzlatilganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Avstriyada ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida taxminan 2 milliard yevrolik moliyaviy aktivlar muzlatib qo‘yilgandi.
LiveBarchasi