Italiya Prezidenti Samarqandga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Toshkentdagi asosiy tadbirlar yakunlangach Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Italiya Prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan bo‘lib o‘tgan bir qator rasmiy uchrashuvlardan so‘ng Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishgan.

Shundan so‘ng, Prezident Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella hamrohligida mamlakatning madaniy-tarixiy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand shahriga jo‘nab ketgan. Oliy martabali mehmonlarni Toshkent xalqaro ayeroportida Bosh vazir Aripov kuzatib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 9 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella qizi Laura Mattarella bilan birga O‘zbekistonga kelgandi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi. Bugun, 10 noyabr kuni ertalab Serjo va Laura Mattarellalar Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Keyinchalik Ko‘ksaroy qarorgohida Italiya Prezidenti Serjo Mattarellani rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimdan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella Ko‘ksaroy qarorgohida ikki tomonlama muzokara o‘tkazdi. Unda keyin esa ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sammit Abdulla Aripov Serjo Mattarella Italiya -O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing