Italiya klublari MYU hujumchisi xizmatlariga qiziqmoqda
Sport
−
01 mart
1110“Yuventus” va “Napoli” “Manchester Yunayted”ning 22 yoshli hujumchisi Rasmus Xoylundga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “TuttoJuve” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, daniyalik futbolchi “Manchester Yunayted” loyihasiga ishonchini yo‘qotgan va oldin o‘zi o‘ynagan “Atalanta”ga qaytishni istamoqda.
Joriy mavsumda Xoylund barcha turnirlar doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq APLning boshqa bir klubi “Arsenal” “Nyukasl” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

