Italiya klubi bilan YeCHL finalida o‘ynash eng yaxshi sovg‘a emas – Gvardiola

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola “Inter”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi finali haqida fikr bildirdi.

“To‘g‘risini aytsam, Italiya klubi bilan Yevropa Chempionlar ligasi finalida o‘ynash eng yaxshi sovg‘a emas. Ular raqobatbardosh jamoa. “Real Madrid” ustidan qozonilgan g‘alaba ko‘plab maqtovlarga sabab bo‘ladi, ammo bizda ruhiy tayyorgarlik ko‘rishga vaqt bor”, deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining javob o‘yinida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan edi. O‘z navbatida, “Inter” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, yarim finalda “Milan”ni mag‘lub etdi (2:0 – mehmon, 1:0 – uyda).

Yevropa Chempionlar ligasining final o‘yini 10 iyun kuni Istanbul shahrida “Otaturk Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing