Italiya chiqindini qayta ishlash zavodini qurish uchun O‘zbekistonga 40 mln. yevrolik investitsiya kiritdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 noyabr kuni Sirdaryo viloyat hokimi o‘rinbosari M.Madirimov va Guliston shahar hokimi T.Dadaboyev Italiyaning “OPERA” va “INNOVANDO SRL” kompaniyalari prezidenti Paolo de Anjelisni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda viloyat hududidagi qurilish, obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va boshqa sohalarda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tgan M.Madirimov, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Viloyatda ushbu muammoni yechimi sifatida chiqindilarni saralash, qayta ishlash va ularni utilizatsiya qilish uchun zamonaviy zavod qurilishi zarurligi aytildi”, deyiladi xabarda.

Paolo de Anjelis ko‘tarilayotgan mazkur masala nafaqat O‘zbekistonda, balki butun jahon hamjamiyati oldida turgan jiddiy muammo ekanligini ta’kidladi va zavod qurilishida yaqin hamkor bo‘lishini aytib o‘tdi

Ta’kidlanishicha, Italiya tomoni Sirdaryo viloyatida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, qayta ishlash va yo‘q qilish bo‘yicha loyiha qiymati 40 mln.yevro bo‘lgan klaster tizimini joriy etish uchun investitsiya kiritish taklifini bildirgan.

Muzokaralar yakunida Sirdaryo viloyatida "Zamonaviy chiqindilarni boshqarish tizimini yaratish konsepsiyasi" ishlab chiqildi va tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya investitsiya

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing