Italiya Bosh vaziri Samarqandga keladi

Jamiyat

image

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Italiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muzokara va uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. 

Meloni 30 may kuni Qozog‘istonga ketadi. Shu kuni Ostona shahrida mintaqa davlatlari rahbarlari ishtirokida “Markaziy Osiyo – Italiya” birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil 8 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida Rimdagi Kiji saroyida Mirziyoyev va Melonining muzokaralari bo‘lib o‘tgan. Shu yili noyabr oyida  Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga kelgan. Italiya Prezidenti ham qizi Laura Mattarella hamrohligida Samarqandga borgan.

Eslatib o‘tamiz, Melonining O‘zbekistonga tashrifi 25-26 aprel kunlariga, “Markaziy Osiyo – Italiya” birinchi sammiti esa 27 aprel kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq Rim papasi Fransitskning vafoti munosabati bilan tadbirlar keyinga qoldirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand O'zbekiston Italiya Jorjiya Meloni Markaziy Osiyo – Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing