Italiya Bosh vaziri rok guruhi rahbarini sudga berdi
Olam
−
03 avgust 2023
3718Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Britaniyaning “Placebo” rok guruhi rahbari Brayan Molkoni haqorat va tuhmatda ayblab, sudga berdi. Bu haqda “La Stampa” gazetasi xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 10 iyul kuni Turinda bo‘lib o‘tgan konsertda “Placebo” guruh solisti Molko tomoshabinlarga italyan tilida murojaat qilib, Meloni nomiga odobsiz so‘zlar aytgan hamda Bosh vazirni “fashist, irqchi va natsist” deb atagan.
Manbada aytilishicha, Turin prokuraturasi konsertda jamoat tartibi buzilgani yuzasidan allaqachon tergov boshlagan va unga Bosh vazirning advokatlari orqali yetkazilgan arizani ham qo‘shgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida “Italiya birodarlari” partiyasidan chiqqan Jorjiya Meloni Bosh vazir lavozimini egallab, hukumatni boshqargan birinchi ayol rahbarga aylangan.
LiveBarchasi