Italiya A seriyasi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi Italiyada shiddat bilan tarqalgani bois, futbol bo‘yicha milliy chempionat o‘yinlari qoldirilgan edi. A seriya uchrashuvlari joriy yilning 31 may kunidan boshlab davom etishi mumkin. Bu haqda "Football Italia" nashri xabar bermoqda. 

Barchasi shu tartibda davom etsa, A seriya 2019/20 yilgi chempionat bahslari har 2-3 kunda o‘tkaziladi va chempionat avgust oyida yakunlanadi. Ma’lum bo‘lishicha, har bir uchrashuv muxlislarsiz o‘tkaziladi va bu holat muhokama qilinmaydi. Italiyada koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Lombardi shahri jamoalarining ("Milan", "Inter", "Atalanta", "Breshiya") barcha o‘yinlari neytral maydonda o‘tkaziladi. Ya’ni koronavirus kam tarqalgan hududlardagi stadionlarda. 

Xabar qilinishicha, joriy yilning 21 aprel kuni klublar rahbarlari bilan o‘tkaziladigan videokonferensiya vaqtida bu reja yo ma’qullanadi, yo rad etiladi.  

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi Italiyada keng tarqalgani bois, shu yilning 9 mart kuni Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte barcha musobaqalar to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda koronavirusga chalinganlar 1 781 383 nafarni tashkil etmoqda. 108 880 kishi ushbu virus tufayli vafot etgan. 404 581 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan. 

Ayni damda Italiyada 152 271 nafar kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Ularning 19 468 nafari COVID-19 tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Koronavirusdan butkul sog‘ayib ketganlar 32 534 nafarni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Italiya A seriya Koronavirus

Baholaganlar

155

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing