ISUZU piyodalarga yo‘l berayotgan Nexia’ga borib urildi. 1 kishi vafot etgan

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 31 may kuni soat 12:21 larda Paxtachi tumani “Boymat” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-37 “Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi” avtomobil yo‘lining 124-kilometrida R.A. boshqaruvidagi Nexia o‘tish yo‘lakchasidagi piyodalarga yo‘l berish uchun to‘xtagan vaqtida, shu yo‘nalish bo‘ylab orqa tomonidan, oraliq masofani saqlamasdan kelayotgan ISUZU avtomobili bilan to‘qnashgan.

Nexia ichida bo‘lgan yo‘lovchi ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay tibbiyot bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

131

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing