Turkish Airlines yo‘lovchisi samolyot bortida o‘z joniga qasd qildi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahridan Marokashga uchayotgan samolyotda yo‘lovchi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Cumhuriyet som” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, xorijlik yo‘lovchining uzoq vaqt hojatxonadan chiqmagani uchun bort xodimlari shubhalana boshlagan. 

Shundan so‘ng, yo‘lovchi hushidan ketgan holda topilgan. Samolyot bortidagi ekipaj a’zolari va shifokor unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Uchuvchi samolyotni Jazoirga qo‘ndirishga majbur bo‘lgan.

Shundan so‘ng, samolyotga kelgan tibbiy guruhlar yo‘lovchining vafot etganini aniqlagan. 

O‘z joniga qasd qilgani ma’lum bo‘lgan yo‘lovchining dafn marosimidan keyin samolyot yana havoga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul samolyot Marokash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing