O‘zbekistonda olti oy deganda ilk bor inflyatsiya kuzatilmadi
Jamiyat
−
01 iyul 2019
46282019 yilning iyun oyida iste’mol bozorida umumiy narxlar darajasining pasayishi kuzatilib, oy davomidagi deflyatsiya ko‘rsatkichi 0,5 foizni tashkil qildi.
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,6 foizga qimmatlashgan. 2018 yilning iyun oyiga nisbatan respublikai iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar 13,6 foizga oshgan.
Ma’lumot uchun, 2018 yilning iyunida tovar va xizmatlar narxlari oy davomida o‘rtacha 0,4 foizga arzonlashgan.
2018 va 2019 yilning I yarim yilligi davomida oylik narxlar o‘zgarishining tahlili 2018 yilda bo‘lgani kabi, 2019 yilning iyung oyida ham iste’mol narxlari umumiy darajasining pasayishi kuzatildi. Bu asosiy mavsumiy tendensiyalar va meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi bilan bog‘liq.
Yirik guruhlar bo‘yicha narx o‘zgarishlariga nisbatan 2019 yilning iyun oyi natijalariga ko‘ra, tovarlar 0,8 foizga jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,8 fyoizga pasaygan. Nooziq-ovqat mahsulotlari oy davomida 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,7 foizga qimmatlagan.
Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilning iyunida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida o‘rtacha 1,8 foizga arzonlashgan bo‘lsa, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlagan.
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar-iyun oylari davomida oziqovqat mahsulotlari 5,9 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,2 foiz, xizmatlar 5,3 foizga qimmatlashdi.
LiveBarchasi