Apple narxlarini keskin oshirdi

Texnologiya

image

Apple xotira chiplari taqchilligi sabab Mac va iPad qurilmalari narxlarini oshirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Kompaniya bayonotiga ko‘ra, sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarining tez sur’atlarda kengayishi xotira va saqlash qurilmalariga bo‘lgan talabni keskin oshirgan.

Yangi narxlarga ko‘ra, MacBook Neo 599 dollardan 699 dollarga, 512 GB xotirali MacBook Air 1 099 dollardan 1 299 dollarga, 1 TB xotirali MacBook Pro esa 1 699 dollardan 1 999 dollarga qimmatlagan.

Shuningdek, 128 GB xotirali iPad Air narxi 599 dollardan 749 dollarga, 256 GB Wi-Fi iPad Pro esa 999 dollardan 1 199 dollarga oshirilgan.

Tahlilchilar yil oxirigacha iPhone smartfonlari narxi ham oshishini kutmoqda. IDC tahlilchisi Nabila Popalning fikricha, narxlarning hozirgi oshishi kutilganidan yuqori bo‘lgani iPhone’lar ham avval taxmin qilinganidan qimmatroq bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Nabila Popalning baholashicha, iPhone Pro va iPhone Pro Max modellari narxi 200 dollargacha oshishi ehtimoli bor.

“50 dollarlik narx oshishi davri ortda qoldi”, degan Popal.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Apple xotira chiplari va tezkor xotira narxining keskin ko‘tarilishini qoplash uchun o‘z mahsulotlari narxini oshirishi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing