Istanbulda 39 kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik Abdulqodir Masharipovga jazo tayinlandi

3-sahifa

image

2017 yil 1 yanvar kuni Istanbulning “Reina” tungi klubida 39 kishini o‘ldirgan terrorchi Abdulqodir Masharipovga 40 barobar og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosi tayinlandi. Umumiy hisobda u 1368 yil qamoq jazosiga hukm etildi.

Masharipov tungi klubda 39 kishini o‘ldirish va 79 kishini o‘ldirishga urinish hamda qonuniy davlat hokimiyatini ag‘darishda ayblangan.

2017- yil 1 yanvarga o‘tar kechasi Masharipov tungi klub qo‘riqchisini o‘ldirib, muassasa ichiga kirgan. Terrorchi mehmonlarga qarata o‘q uzib, 39 kishini o‘ldirgan. 79 kishi og‘ir jarohat olgan.

Mazkur ish bo‘yicha jami 60 yaqin odam sudlangan. Ayblanuvchilarning 11 nafari barcha ayblovlardan ozod qilingan. 46 nafari esa Terrorchilik tashkilotiga a’zoi bo‘lishda ayblangan. ISHID ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Ma’lumot uchun, hujumning bosh aybdori Abdulqodir Masharipov o‘zbekistonlik bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul terakt Abdulqodir Masharipov

Baholaganlar

1716

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing