Istanbuldagi ikki yirik ko‘prik O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritiladi 

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahridagi ikki yirik ko‘prik O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritiladi.  

Ta’kidlanishicha, bugun, 1 sentyabr kuni Fotih Sulton Mehmet hamda Shahidlar ko‘prigi O‘zbekiston bayrog‘ining yashil, ko‘k, qizil va oq ranglariga bezaladi. 

Mazkur vizual shouni soat 20:00 dan ertalabga qadar ko‘rish mumkin bo‘ladi. 

Avvalroq, AQSH va Kanadaning asosiy diqqatga sazovor joyi, dunyoga mashhur Niagara sharsharasi va Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur O‘zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi sharafiga mamlakat bayrog‘i ranglarida yoritilishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya

Baholaganlar

183

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing