Istanbulda fabrikada jarohatlangan o‘zbekistonlik vafot etdi
Olam
−
05 noyabr 2019
6288Turkiyaning Istanbul shahrida joriy yilning 31 oktyabr kuni og‘ir jarohatlar bilan “Çorlu Devlet Hastanesi” tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan O‘zbekiston fuqarosi Z.V. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Konsullik-huquqiy masalalar hal qilinganidan va zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng hamyurtimizning jasadi dafn qilish uchun Vatanga yuborildi.
Marhumning ish joyi “Yıldız Taşlama” fabrikasidagi avariya va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik bo‘yicha tergov davom etmoqda. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi.
Konsullik huquqiy departamenti marhumning yaqinlari va oilasiga hamdardlik bildirib, Turkiya, Bolgariya va Ruminiya hududida bo‘lib turgan fuqarolar zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan.
LiveBarchasi