Istanbuldagi shifoxonada o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

−

image

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 22 iyul kuni “Özel A Hastanesi” tibbiyot muassasasida O‘zbekiston fuqarosi O.A. vafot etdi. U 20 iyul kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan turk huquq-tartibot organlari tergov harakatlarini boshlagan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olib, marhumning jasadini Vatanga qaytarish uchun uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing