Video: Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirildi. Qotillikda o‘zbekistonlik gumonlanyapti
Olam
−
03 iyun 2019
5913O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra joriy yilning 31 may kuni Istanbul shahrining Chekmekoy dahasida yuzaga kelgan mojaro natijasida 1988 yil 29 aprelda Namangan viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Odiljon Ahmadjonovich Hamzayev pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, marhumning qarindoshiga jasadni O‘zbekistonga yuborish masalasini hal qilish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan.
Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv-tergov tadbirlari olib borilyapti, gumonlanuvchi sifatida O‘zbekiston fuqarosi Sh. S. qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona mazkur masalani nazoratga olgan.
LiveBarchasi