Istanbulda uch qavatli bino qulab tushdi. Jabrlanganlar bor

Olam

image

Istanbulda Kuchukchekmeje tumanida uch qavatli bino qulab tushdi. Bu haqda "Hürriyet Daily News" xabar berdi.

Istanbul gubernatori Dovut Gulga ko‘ra, vayronalar ostidan yetti kishi qutqarib olingan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. Qutqaruv ishlari hamon davom etmoqda, kamida ikki kishi bino vayronalari ostida qolib ketgan.

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, bino Kuchukchekmeje tumanidagi Belediye va Gechit ko‘chalari kesishmasida joylashgan. Bino 1988 yilda qurilgan. Uning qulashi sabablari aniqlanmagan.

Uyning qulashi mahalliy vaqt bilan 8:40 atrofida sodir bo‘lgan. Uyning birinchi qavatida ish olib borilgan, yuqori qavatlarda odamlar yashagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida kotlovan (xandaq) qazilayotgan paytda qo‘shni uy qulab tushgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made