Istanbulda portlagan binoda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida joriy yilning 9 oktyabr kuni sodir bo‘lgan portlashda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Bu haqda “Haberturk” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Istanbulning Kadiko‘y tumanidagi 3 qavatli binoda sodir bo‘lgan portlash va yong‘in oqibatida halok bo‘lgan uch kishidan ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Hodisa oqibatida O‘zbekistonda tug‘ilgan A.K. kasalxonaga yotqizildi. Uning 68 yoshli otasi, 10 yoshli qizi va yana bir noma’lum shaxs vafot etgan.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi jarohatlangan fuqaroning ahvoli haqida ma’lumot olgani va halok bo‘lganlarning jasadlarini mamlakatga jo‘natish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Fojia 9 oktyabr kuni Kadiko‘y hududida sodir bo‘lgandi. Portlashning dastlabki sababi maishiy gaz sizib chiqishi deb ataldi, biroq hozir huquq-tartibot idoralari hujum versiyasini sinchiklab tekshirmoqda. Tergovchilar allaqachon 30 nafar guvohni so‘roq qilishgan, protsessual choralar davom etmoqda.

Yong‘inni o‘chirishga jami 56 nafar o‘t o‘chiruvchi va 19 ta texnika jalb etilgan bo‘lib, alanga 3 soat ichida bartaraf etilgan. Olov o‘chirilgach, binodan uch kishining jasadi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing