Shavkat Mirziyoyev BAAga yetib bordi
Jamiyat
−
24 mart 2019
8153Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, Prezident ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon kutib oldi.
Aeroportda tomonlarning qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda oliy darajadagi uchrashuvlar kun tartibiga kiritilgan ikki tomonlama hamkorlikka oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev ertaga Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokara o‘tkazadi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr