Istanbulda katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirildi (video)

Olam

image

Kecha, 28 yanvar kuni Istanbulda ikki noma’lum shaxs Avliyo Meri katolik cherkoviga qurolli hujum uyushtirdi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“HaberTurk” xabariga ko‘ra, niqobli ikki kishi cherkovga yaqinlashib, o‘t ochgan, keyin esa voqea joyidan qochib ketgan.

“Hujum oqibatida Turkiya fuqarosi Tursen Jihan vafot etdi”, deydi IIV rahbari.

Hujum uchun mas’uliyatni ISHID terror tashkiloti o‘z zimmasiga olgan.

“Turkiya huquq-tartibot idoralari hujumga aloqadorlikda gumon qilingan 47 kishini hibsga oldi. Hujumda Rossiya va Tojikiston fuqarolari gumon qilinmoqda”, deydi Yerliqoya.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqea munosabati bilan hamdardlik bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarni tezda qo‘lga olish uchun barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Qotillik sodir bo‘lgan cherkov XIX asrda qurilgan bo‘lib, Istanbulning Yevropa qismida, Bosfor bo‘g‘ozi yaqinida, baliq bozori yaqinida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul qurolli hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing