Istanbulda fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 17 nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Turkiyaning Istanbul shahrida fohishalikka qarshi operatsiya davomida 17 nafar o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olinib, ularni deportatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari ish topib berish va’dasi bilan O‘zbekistondan olib kelingan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan jinoiy guruhni qo‘lga olgan. Prokuratura ruxsati bilan tergov ishlari boshlanganidan so‘ng, ish topib berishni va’da qilgan 5 nafar, jinoiy guruhning boshqaruvchilari sifatida gumon qilingan 16 nafar va fohishalik qilishga majbur qilingan 17 nafar ayol, shuningdek, ularning 9 nafar mijozi qo‘lga olingan. 

3 oy davom etgan surishtiruv ishlari ortidan politsiya joriy yilning 4 dekabr kuni Istanbulning Pendik, Sanjaktepa va Moltepa tumanlarida avvaldan aniqlangan 17 manzilda, jumladan qimmatbaho rezidensiyalar, mehmonxonalar va uylarda tintuv boshlaganlar.

Reyd davomida jinoiy guruhning boshqaruvchilari sifatida gumon qilingan 16 nafar, fohishalik bilan shug‘ullangan 17 nafar ayol va 9 nafar mijoz, jami 42 kishi qo‘lga olingan. Jinoyat joylarini tintuv qilish vaqtida 20 dona mobil telefon, 63 ming turk lirasi mablag‘ va giyohvand moddalar topilgan. 

Gumonlanuvchilarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, mazkur fohishabozlik tarmog‘ini 5 nafar ayol boshqargan. Ular O‘zbekistondagi ayollarga Turkiyadan ish topib berishni va’da qilib, ularni olib kelgach, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan. Ma’lum bo‘lishicha, guruh rahbarlari ayollarga beriladigan pulning yarmini ulush sifatida o‘zlari olib qolgan.

Fohishabozlik bilan shug‘ullangan jinoiy guruhning faoliyati koronavirus sabab o‘rnatilgan komendantlik soati bilan moslashtirilgani ma’lum bo‘ldi.  Shu sabab, ayollar mijozlariga 21:00 dan 05:00 gacha xizmat ko‘rsatgan.

Politsiya tomonidan o‘tkazilgan mazkur operatsiyalarda qo‘lga olingan 16 nafar gumonlanuvchining shaxsi aniqlanib, ularga oid hujjatlar odam savdosi va fohishalikka vositachilik qilish aybi bilan sudga yuborilgan. Fohishalik bilan shug‘ullangan 17 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilish uchun shahar migratsiya ma’muriyatiga olib ketilgan. Fohishabozlik guruhining mijozi bo‘lgan to‘qqiz kishi ko‘rsatmalardan so‘ng qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Turkiya fohishabozlik

Baholaganlar

1788

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing