Istanbulda bor-yo‘g‘i 61 kunga yetadigan suv qoldi – OAV

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrini ta’minlovchi suv omborlarida bor-yo‘g‘i ikki oylik suv qoldi. Agar qurg‘oqchilik davom etsa, vaziyat keskinlashadi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

“Shunday qilib, shaharda 91 kunlik suv zaxirasi bor, lekin 25 foizi bug‘lanishini hisobga olsak, zaxira 61 kungina davom etadi”, deyiladi telekanal xabarida.

Istanbul suv resurslari va kanalizatsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, suv omborlarini to‘ldirish darajasi 33,37 foiz – 289 million kub metrdan ortiqni tashkil etdi.

So‘nggi ikki hafta ichida shaharda o‘rtacha hisobda kuniga uch milliondan uch yarim million kub metrgacha suv iste’mol qilingan. Shu bilan birga, ikki hafta ichida suv sathi to‘rt foizdan ko‘proqqa kamaygan.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, 2014 yilda suv omborlari 17 foizga to‘ldirilgan bo‘lsa, keyingi sakkiz yilda bu ko‘rsatkich 52 foizdan pastga tushmagan. O‘nta eng katta suv omborining deyarli yarmi sayoz: ular ikki foizdan kam to‘lgan.

Suv zaxiralarining 80 foizdan ortig‘i hozir uchta suv omborida – O‘merli, Darliq va Terkosda.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, Istanbulda yaqin o‘n kun ichida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 30 dan 32 darajagacha issiq bo‘ladi. Shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘li fuqarolarni suvni tejashga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul suv omborlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing