Istanbulda bir kechada 29 marta zilzila bo‘ldi. Odamlar sarosimada
Olam
−
28 Sentabr 2019
9152Turkiyaning eng yirik shahri Istanbulda daqiqa sayin zilzila xavfi ortib bormoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 26 sentyabr kuni Istanbulda 5,5 balli kuchli zilzila qayd etilgan edi. Zilzila natijasida Avjilar mavzesida joylashgan masjidning minorasi qulab tushdi. Shuningde, ko‘plab turar joy binolari jiddiy zarar ko‘rdi. Ayni vaqtda zilziladan zarar ko‘rgan inshoatlar soni 473 tani tashkil etmoqda.
56 ta maktab devorlarida zilziladan keyingi yoriqlar paydo bo‘lgan. Ularning 14 tasi faoliyati to‘xtatildi.
Odamlar o‘z uyida o‘tirishga, tunashga qo‘rqib qolgan. Minglab istanbulliklar 28 sentyabr tongini ko‘chalarda qarshiladi. Bugun tonggacha 29 ta turli darajadagi yer silkinishlari qayd etildi. Ular orasida eng yuqori ko‘rsatkich 2,7ni tashkil etmoqda.
Mutaxassislar bunday kichik silkinishlar davom etishini, ammo uyi zarar ko‘rmaganlar o‘z uylarida qolishlari mumkinligini ta’kidlamoqda.
Mahalliy telekanallarda tinimsiz zilzilaga hozirlik borasida xabarlar, eslatmalar efirga uzatilmoqda. Unda zilzilaga hozirlik sumkasi tayyor holatda bo‘lishi kerakligi aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, mamlakat favqulodda vaziyatlar xizmatlari tomonidan yirik bog‘lar va maydonlarda chodirlar tikilib, aholining xavfsiz hududda tunashiga sharoit yaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Istanbuldagi zilzilada o‘zbekistonliklar zarar ko‘rmaganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi