Istanbulda 6 balli kuchli zilzila qayd etildi
Olam
−
26 Sentabr 2019
7879Bugun, 26 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:59 da Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli zilzila qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, zilzila kuchi 5,8 balni tashkil qilgani aytilmoqda. Jarohatlanganlar va qurbonlar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar yo‘q.
Birinchi yer silkinishidan 8 daqiqa o‘tib, yana 4 ballik zilzila qayd etildi. Maktablar va shifoxonalar evakuatsiya qilindi. Odamlar ko‘chalarga chiqdi. Bir necha daqiqa telefon aloqasi uzildi.
Zilzila oqibatida Istanbulning Avjilar mavzesidagi masjid minorasi qulab tushdi.
Ayni vaqtda Istanbul favqulodda vaziyatlar idoralariga zilzilada jarohatlanish bilan bog‘liq murojaat kelib tushmagan. Shaharda zilzila oqibatlari va ko‘rilgan zarar o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi