Istanbulda 24 yoshli o‘zbekistonlik YTH oqibatida vafot etdi

Jamiyat

image

Kecha, 11 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 1994 yil 15 avgustda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ozod Rajabboyevich Rajabboyev Istanbuldagi “Haydarpasa Numune Hastanesi”da vafot etgan.

Ozod Rajabboyev Istanbulning Uskudar tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, Bosh konsulxona marhumning jasadini O‘zbekistonga qaytarish yuzasidan uning qarindoshlariga barcha huquqiy-konsullik yordami ko‘rsatilyapti. Shu bilan birga, YTH bo‘yicha olib borilayotgan tergov ishlari ham nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 iyun kuni Leningrad viloyatida qurilayotgan ob’ektda yashin urishi natijasida 1995 yilning 11 fevral kuni tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Zuxriddin Rashid o‘g‘li Yusupov vafot etgandi.

Undan keyinroq, 1964 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Aljion Urajbekov joriy yilning 8 iyun kuni Praga shahrida yuz bergan baxtsiz hodisa (temir plitaning qulashi) oqibatida vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul YTH

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing