Istanbul aeroporti Yevropadagi eng gavjum havo bandargohi sifatida tan olindi

Olam

image

Yevropa havo navigatsiyasi xavfsizligi tashkiloti (Eurocontrol) bir haftalik davrda Yevropadagi aviatsiya holati to‘g‘risidagi hisobotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroporti hisobot haftasida kuniga o‘rtacha 1321 ta reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.  

Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinlarni kunlik 1283 reys bilan Londondagi Xitrou aeroporti, 1266 reys bilan Amsterdamdagi Sxipxol aeroporti, 1169 reys bilan Parijdagi Sharl de Goll aeroporti va 1131 reys bilan Frankfurt aeroporti egallagan.

Ma’lumot uchun, Istanbul xalqaro aeroporti 2018 yil 29 oktyabrda ochilgan bo‘lib, u 260 dan ortiq yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatadi. Aeroportdan uchuvchi yo‘lovchilar bir yilda o‘rtacha 200 millionni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Evropa aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing