Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlikka chaqirildi
Jamiyat
−
21 aprel
31787O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi so‘nggi vaqtlarda o‘zbekistonliklar orasida firibgarlik qurboni bo‘lib qolish holatlari ko‘p kuzatilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zini Turkiya banki xodimi sifatida tanishtirib, xuddiki, ushbu bankda o‘zbekistonliklar bilan familiyadosh bo‘lib, so‘ng vafot etgan shaxsning qolib ketgan sarmoyasiga sherikchilik qilish evaziga uning hisobiga ma’lum bir miqdorda pul o‘tkazib berish (firibgarlik qurbonlari O‘zbekistonda ham uchramoqda) hamda shunga o‘xshash holatlar ko‘p uchrab turibdi.
“Vatandoshlardan telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shaxslarga tegishli ma’lumotlarni bermaslik, shaxsiy kartangizning maxfiy raqamlarini aytmaslik va bu borada ehtiyot bo‘lishlaringizni so‘rab qolamiz”, deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh konsulxona Turkiya hududiga kirmoqchi bo‘lgan 20-35 yosh oralig‘idagi xorijliklarga nisbatan nazorat tadbirlari kuchaytirilganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi