Istanbul aeroportida 5 ta it ishga yollandi

Bu qiziq

image

Istanbul aeroportida itlar ishga yollandi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Dunyodagi eng gavjum aeroportlardan birining zallarida beshta yangi ishga yollangan itlar parvoz oldidan xavotirlanayotgan yo‘lovchilar uchun stressiz sayohat tajribasini taqdim etish maqsadida xizmat qilmoqda. 

Mazkur dasturning barcha to‘rt oyoqli a’zolari sertifikatlangan terapiya itlari bo‘lib, ular professional tarzda o‘qitilib, odamlarga tasalli berishga o‘rgatilgan. Ular fevral oyining oxiridan boshlab aeroportda navbatchilik qilmoqda.

Jamoa veterinarining ta’kidlashicha, har bir itning fe’l-atvori ularning kunlik ish soatlarini belgilaydi.

“Biz ularning xavfsizligini va barcha muhitlarga to‘laqonli moslashtirilganini ta’minlashimiz kerak” deydi Istanbul aeroportining mijozlar tajribasi bo‘yicha menejeri Qodir Demirtash. 

Rasmiy nishonga ega bo‘lgan, maxsus forma kiygan itlar belgilangan jadvalga ega bo‘lib, aeroportning eng qizg‘in soatlarida, soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.

Aeroport rasmiylari sayohatchilarning dastlabki ijobiy fikrlaridan keyin mazkur loyihani kengaytirishni reja qilmoqda.

Komila Latipova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Istanbul aeroport it

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing